Maxfiylik siyosati

EBA ai (@EBA_aibot) — qisqa va ochiq

Asosiysi

  • •Biz ma’lumotlaringizni SOTMAYMIZ, reklama beruvchilarga BERMAYMIZ va sizni kuzatmaymiz. Faqat xizmat ishlashi uchun kerak bo‘lgan narsa saqlanadi.

Nima saqlanadi va nega

  • •Telegram profilingiz (ID, ism, username, til) — botdan foydalanganingizda, sizni tanish uchun.
  • •Ro‘yxatdan o‘tganingizda: ism, telefon, soha va tavsif. Bu ma’lumotnoma — ular boshqalarga ATAYLAB ko‘rsatiladi, mijoz sizni topsin deb.
  • •Bot ulangan guruhlardagi xabarlar — savolga javob berish va e’lonlarni ma’lumotnomaga qo‘shish uchun. Xabarlar arxivi 30 kunda o‘chadi; bot xato javob bergan savollar esa xizmatni yaxshilash uchun uzoqroq saqlanadi.
  • •Savol matni faqat javob tayyorlash uchun sun’iy intellekt xizmatiga (Mistral) yuboriladi — biz uni boshqa maqsadda ishlatmaymiz.
  • •Reklama va to‘lov: reklama matni, to‘lov tasdig‘i — faqat hisob-kitob uchun.

Telegram Business (VIP)

  • •Faqat siz botni o‘zingiz Telegram Business’ga ulasangiz ishlaydi. Bot faqat siz tanlagan shaxsiy suhbatlarni ko‘radi va akkauntingizni boshqarmaydi.
  • •Mijoz xabarini o‘chirsa yoki o‘zgartirsa, asl nusxasi faqat SIZGA yuboriladi. Nusxalar 30 kunda o‘chadi, hech kimga berilmaydi. Istalgan payt Telegram sozlamalaridan uzib qo‘yasiz.

Qayerda saqlanadi

  • •Ma’lumotlar Germaniyadagi (Frankfurt) o‘z serverimizda saqlanadi; baza internetga ochiq emas, ulanish shifrlangan, kirish faqat loyiha xodimlarida. Germaniya O‘zbekiston ruxsat bergan davlatlar ro‘yxatida.

Guruh himoyasi

  • •Bot guruhda spam va firibgarlikni tekshiradi. Spam deb aniqlangan akkauntning Telegram ID si, sababi va qisqa namuna matni «EBA spam ro‘yxati»da saqlanadi — boshqa guruhlarni himoya qilish uchun. Hech kim guruhdan avtomatik chiqarilmaydi.
  • •Yangi a‘zo ID si xalqaro spam ro‘yxatida (CAS, cas.chat) tekshiriladi — faqat ID yuboriladi.
  • •Xato tushib qolgan bo‘lsangiz: guruh admini «Ruxsat berish» tugmasini bosadi yoki @notience ga yozing.

Sun’iy intellekt robotlari

  • •Telefon raqamlar sun’iy intellekt robotlariga (ChatGPT, Claude, Perplexity va boshqalar) berilmaydi: raqamli sahifalar ularga yopiq (robots.txt va avtomatik to‘siq).
  • •Sun’iy intellekt uchun ochiq manzillar (/llms.txt, /mcp) faqat soha nomlari va yozuvlar sonini beradi — raqamsiz.
  • •Bu to‘liq kafolat emas: ochiq sahifani odam ko‘ra oladi. Raqamingiz ko‘rinmasligini xohlasangiz: @notience.

Sizning huquqingiz

  • •E’loningizni ko‘rish, o‘zgartirish yoki o‘chirish: botda /kabinet yoki saytdagi kabinet.
  • •Hamma ma’lumotingizni o‘chirishni so‘rash yoki savol: @notience ga yozing — 3 ish kunida bajariladi.